Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Ichki ishlar, Adliya vazirliklari xodimlari, Taraqqiyot strategiyasi markazi, «Yuksalish» umumilliy harakati, «Nuroniy» jamg‘armasi mutasaddilari ishtirok etdilar.

Tadbirda ShHT davlatlari misolida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash uchun fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro ta’siri masalalarida xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan to‘liq foydalanish masalalarini, yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, oila va nikohga ijobiy munosabatni shakllantirishda milliy tashkilotlarning roli to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Konferensiyada Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Kadirxanova bugungi oilani mustahkamlash, ayollarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rni va mavqyeini oshirish O‘zbekiston Parlamentining ustuvor vazifalaridan biri ekanligi, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, konferensiya davomida oila institutini huquqiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro ta’siri, turli diniy konfessiyalardagi oilaviy qadriyatlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib ijtimoiy sharoitlar yaratish va boshqa mavzular muhokama qilindi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.