Nizomga koʻra, Jamgʻarmaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jumladan:
ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatish;
oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda koʻmaklashish;
mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashda ularga koʻmaklashish va ragʻbatlantirishdan iborat.
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan asosiy yunalishlardan biri hisoblanadi.
Maʼlumot uchun: Prezidentning 2022-yil 1-martdagi Farmoni bilan Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi sifatida qayta tashkil etilgan.