O'zbekistonda oilaviy tadbirkorlik bilan ikki shaklda shug'ullanish mumkin:

  • yuridik shaxs tashkil etgan holda – oilaviy korxona shaklida. Oilaviy korxonalar avvalboshdan ishchilarni yollashga haqli bo'lgan («Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida»gi Qonunning 4-moddasi 5-qismi);

«Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida»gi Qonunga oxirgi cheklovni bekor qilishga oid qo'shimcha kiritildi. endi oilaviy tadbirkorlik sub'ektlari yuridik shaxs tashkil etmagan holda quyidagilarga haqli:

birinchidan, uch nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga. Aytaylik mazkur holatda YAkka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini ishchilarni yollagan holda amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizom qo'llaniladi;    

ikkinchidan, mehnatga layoqatli yoshga to'lgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan bolalari va nevalarining erini (xotinini), aka-ukalari va opa-singillarini, ularning xotinini (erini)  va bolalarini ishtirokchi sifatida jalb etishga haqli.

Qonun 22.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov