Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentyabrdan:

oilaviy nodavlat bogʻchalarda:

qatnayotgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam boʻlganda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi;

tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi;

tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga byudjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu xodimlarning plastik kartasiga oʻtkazib beriladi;

davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bogʻchalarda, oilaviy bogʻchalarda:

byudjetdan toʻlanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi, lekin 7 yil 8 oydan katta boʻlmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;

ota-onalar toʻlovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga toʻlmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi;

tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti boʻlmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan foydalanayotgan DXSH asosidagi va nodavlat bogʻchalarga ham toʻlanadi.