Holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Taʼkidlanishicha, holat yuzasidan MMTB hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, oʻrganish ishlari olib borildi (bu haqida 2023-yil 13-iyun kuni dastlabki maʼlumot eʼlon qilingan).
Oʻrganish ishlari sudgacha borganligi hozirda sud jarayonlari davom etayotganligi sababli yakuniy xulosani sud qarori bilan berish rejalashtirilgan edi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-sonli qaroriga asosan, oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 3-7 yoshli bolalar qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan.
Biroq “Adibaxon ona” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, hali 2 yoshga ham toʻlmagan M.ni tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilgan.
Holat boʻyicha 2023-yil 15-iyun kuni tarbiyachi M.X hamda yordamchi tarbiyachi D.Xlar lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi sababli ish beruvchi tomonidan vazifasidan ozod etilgan.
Tadbirkordan noqonuniy tartibda 3 yoshga toʻlmagan bola qabul qilgani uchun Qonun doirasida tegishli choralar koʻrildi hamda keyingi ish faoliyatida bunday noqonuniy holatlar takrorlanmasligi boʻyicha rasman ogohlantirildi.
Joriy yilning 14-iyun kuni bolani onasi tomonidan IIBning hududiy profilaktika inspektoriga ariza bilan murojaat qilgan va bolaga boshqa tan jarohat olgan (kuyish, kaltaklangan, nooʻrin xatti-harakatlar qilingan) degan gumon bilan ekspertizaga berildi.
Ekspertiza xulosasi hududiy profilaktika inspektori kapitan Ibragimov tomonidan olinib, fuqarolik sudi Izboskan tumani boʻlimiga oʻrganib, chora koʻrish yuzasidan berildi.
Holat yuzasidan maʼlumotlar tegishli organlarga topshirilgan hamda qonun doirasida oʻrganish ishlari olib borilmoqda.