Oilaviy korxona salkam toʻqqiz yuz million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan

    Guliston shahrida oilaviy korxona tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

    Davlat xavfsizlik xizmati, “Oʻzenergoinspeksiya” va “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Guliston shahrida joylashgan “D.” oilaviy korxonasiga qarashli choyxona rezina shlang bilan hech qanday hujjatlarsiz tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi maʼlum boʻldi.

    Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu holat boʻyicha 882 mln 851 ming soʻm miqdoridagi hisobga olinmagan tabiiy gaz qayta hisob-kitob qilindi.

    Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.