Buning uchun jami 680 mln. 449 ming soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan, deya xabar beradi tuman hokimligi matbuot xizmati.

- Oʻta aniq va yuqori sifat bilan ishlovchi ushbu apparatlar hududlardagi oilaviy poliklinikalarga maxsus mutaxassislar yordamida oʻrnatiladi. Ular foydalanishga topshirilgach, UZI va EKG tekshiruvlariga ehtiyoj sezgan qishloq aholisining tuman markaziga kelishi uchun mutlaqo hojat qolmaydi. Bunday noyob apparatlarning barcha birlamchi tibbiyot muassasalarida mavjud boʻlishi – mustaqilligimizning 30 yilligi oldidan xalqimizga munosib bayram tuhfasi boʻladi, - deydi tumani tibbiyot birlashmasi rahbari Abdumajid Yunusov.