— Uy sharoitida parranda va chorva asrash koni foyda, — deydi Odilbek Jumaniyozov. — Ertalabdan kechgacha ularning parvarishi bilan bandmiz. Farzandlarimizda ham foydali mehnatga ko'nikmani shakllantiryapmiz. Kredit olib, bu sohada faoliyatimni yanada kengaytirmoqchiman. 

Xonqa tumanida bu kabi xonadonlar juda ko'p. Ehtirom mahallasida yashovchi Shuhrat Sultonov xonadonida mo''jazgina inkubatsiya tashkil qilingan. Bir mavsumda 150 mingta jo'ja chiqarib, eldoshlariga parrandachilik faoliyatini boshlashga yordam beradi. Bu xonadonning daromadi ham chakkimas. Bir dona jo'ja o'rtacha besh-olti ming so'mdan sotilishi inobatga olinsa, raqamlar salkam milliard so'mga yaqinlashadi. 

                                               Ro'zimboy Hasan,

                                           “Yangi O'zbekiston” muxbiri.