Keltirilishicha, 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada, oilaviy tadbirkorlik, daromad topadigan faoliyat bilan shugʻullanish va faoliyatini kengaytirish istagidagi aholi hamda tadbirkorlarga 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga beriladi.

Xususan, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yoʻnalishi) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

-bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;

-oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va taʼmirlash uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga;

-“Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga 3 yilgacha muddatga va aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi.