Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 300 mln AQSH dollari ajratiladi

    Mamlakatimizda 26 Yanvar 2023 3093

    Mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 foiz stavkada ajratiladi.

    “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–18 son, 25.01.2023-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, 2023-yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun “Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq bankiga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 300 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 foiz stavkada ajratiladi.