Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2020 yilning o'tgan davri davomida 150 mingdan ortiq loyihaga jami 4,4 trln. so'm imtiyozli kredit mablag'lari ajratildi.
Dasturlar doirasida ajratilgan kreditlarning 1 trln. 964 mlrd. so'mi (44%) yuridik shaxslar va YATTlarga, 2 trln. 470 mlrd. so'mi (56%) o'zini o'zi band qiluvchi jismoniy shaxslarga ajratilgan. Bunda asosiy e'tibor aholini qo'shimcha daromad manbalariga ega bo'lishiga hamda kafolatlangan yangi ish o'rinlarini yaratishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik sub'ektlarini loyihalarini moliyalashtirishga qaratildi.
Ushbu kreditlarning 78% (3,5 trln. so'mi) “Har bir oila – tadbirkor” dasturi, 22% (980,0 mlrd. so'mi) boshqa dasturlar hissasiga to'g'ri keladi.
Mazkur mablag'larning 1 trln. 213 mlrd. so'mi xotin-qizlar tadbirkorligini, 1 trln. 385 mlrd. so'm yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ajratilgan.


