Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur davo chorasi maxsus oqsillardan foydalanishga asoslangan. Ular bemor organizmidagi immunitet hujayralari funksiyalarini tiklashga yordam beradi, oʻz navbatida, OIV kasalligiga qarshi kurashuvchi antitanalarni quvvatlantiradi.
Natijada organizm ichki imkoniyatini ishga solib, virusni siqib chiqarishga kirishadi. Yakunda tanada OIV infeksiyasi miqdori kamayib, uning salomatlik uchun zararli taʼsiri keskin pasayishi maʼlum qilingan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, dunyoda har yili qariyb 2 million kishi ushbu xavfli xastalikka chalinmoqda. Hozirda butun sayyora boʻyicha OIV tashxisi bilan roʻyxatga olingan bemorlar soni 38,4 million nafardan oshgan.