OIVga qarshi DNK-vaksinasi muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o'tkazildi

    Olimlar DNK-vaksinatsiyasi CD8+T-hujayralari tomonidan boshqariladigan OIVga qarshi mustahkam, uzoq muddatli immunitetni yuzaga keltirishi mumkinligini aniqlashdi.

    Biologlar immun hujayralarini farqlashda muhim rol o'ynaydigan PD-1 oqsili bilan mustahkamlangan DNK-vaksinalarini ishlab chiqishdi. Sichqonlarda o'tkazilgan oldingi tadqiqotlar bu usul antigenni (virusning bir qismi) dendrit hujayralarga yanada samarali yetkazib berishga imkon berishini, bu esa immun javobini boshlash uchun uni T-hujayra retseptorlariga taqdim etishini ko'rsatdi.

    Olimlar OIV-1 virusi mavjud odamlarda mazkur virusga qarshi kurashish uchun vaksinani o'zini yoki boshqa biomedikal aralashmalar bilan birga qo'llash mumkinligiga umid qilmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.