“Bizning kashfiyotimiz aholining zaif qatlamlari o'rtasida OIVga qarshi munatazam test o'tkazish borasidagi Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga amal qilish naqadar muhimligini tasdiqlamoqda. Bu nafaqat OIV infeksiyasiga chalingan aholining hayotini saqlab qolish, balki mazkur kasallikning yangi turlari yuqishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega”, deydi Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) professori Kristof Freyzer.
JSST ma'lumotlariga qaraganda, dunyo bo'yicha OIV virusini tashuvchilar soni taxminan 37,7 million nafarni tashkil etadi. Ularning 67 foizdan ziyodi Afrikaning turli mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi. Kasallikka chalinish bilan bog'liq holatlar, ayniqsa, Afrikaning janubiy qismida joylashgan mamlakatlarida muntazam oshib bormoqda, deya xabar beradi tass.ru.