Amerikalik muhandislar okeanlar va dengizlarning sirt qatlamlarida to'plangan dengiz havosidan ko'p miqdorda toza suv olish imkonini beruvchi texnologiyaning xomaki nusxasini yaratdilar. Illinoys universiteti (UIUC)ning ma'lum qilishicha, u minimal energiya sarfi bilan ko'p miqdorda ichimlik suvi va maydonlarni sug'orish uchun namlik ishlab chiqaradi.
“Yaqin kelajakda insoniyat chuchuk suv zahiralarini ko'paytirishning yangi usullariga ehtiyoj sezadi, chunki mavjud zaxiralar, shuningdek, namlikni tejash va qayta ishlashning yangi usullari odamlarning o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondira olmaydi. Ishonamizki, biz taklif qilayotgan texnologiya ichimlik suvini juda katta hajmda olish imkonini beradi”, dedi UIUC professori Pravin Kumar.