OKMK da sof palladiy olishga erishildi

    Sanoat 29 Iyun 2020 1333

    O'zbekistonda, aynan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashabbusi va ilmiy tadqiqotlari tufayli  birinchi bor yuqori tozalikdagi 99,00% sof palladiy kukunini olishga erishildi.

    Tozalangan sof palladiy kukuni ajratib olish uchun 17 ta jarayonni bosib o'tish kerak bo'ladi. O'tkazilgan tadqiqotlar asosida past kontsentratsiyali elektrolit eritmalaridan yuqori tozalikka ega bo'lgan sof palladiy kukunini ajratib olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqilib, metall ajratib olish darajasi 80 foizga olib chiqildi. SHu ma'noda kombinat rahbariyatining faol va ilg'or tashabbusi bilan 2018 yildan buyon olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga molikdir.

    Bugun dunyo bozorida 1 grammi 67 dollarga baholanayotgan palladiy ishlab chiqarish sanoati yildan yilga sohaviy tarzda takomillashib bormoqda. Platinadan 7,3 foizga qimmat yuradigan bu nodir metall asosan tibbiyot, xususan, stomatologiya sohasida, elektronika, mashinasozlik va kimyoviy ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo'llaniladi. Palladiy ishlab chiqarish sanoatining 40 foizi asosan Janubiy Afrika Respublikasi hamda Rossiya, SHimoliy Amerika hamda Zimbabve hissasiga to'g'ri kelmoqda.

    -Dunyo miqyosida mazkur nodir metallga bo'lgan talab juda yuqori bo'lib, ular har doim ham rudalarda etarli darajada uchramaydi. SHu ma'noda Olmaliq kon-metalllurgiya kombinati AJ tomonidan mis ishlab chiqarish chiqindi shlam mahsulotlarining qayta ishlangan elektrolit eritmalaridan qimmatbaho metallni to'liq va sof holada ajratib olishning yangi texnologiyalarini yaratish va takomillashtirishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Kombinat rahbariyatining topshirig'i bilan sof va o'ta toza palladiy metallini ajratib olish borasida 2018 yilning noyabr` oyidan buyon ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Maqsad palladiy miqdori kam bo'lgan chiqindi elektrolit eritmalaridan, garchi 50 mg 1 litrda bo'lgan taqdirda ham sof palladiy kukunini ajratib olish usulini ishlab chiqishdan iborat edi. Kombinat rahbariyati tomonidan qo'yilgan maqsad o'zini oqladi va bunga erishildi. Bugungi kunda hatto 40 mg palladiy bir litr eritmada qolguncha cho'kmaga tushirib olinmoqda. Avvalgi texnologik yo'riqnomalarda bunday natijalarga erishilmas edi. CHo'ktirilgan palladiy kompleksini kuydirish va qayta tiklash jarayonlarini qayta tadqiq qilish asnosida piro-gidrometallurgik optimal parametrlar ishlab chiqildi. Palladiy tarkibli eritmalarni zararli qo'shimchalardan tozalash va foydali metallarni ajratib olish uchun ishlab chiqarishga jo'natishni mo'ljallovchi kompleks cho'ktirish va tozalash usullari sanoatga joriy etildi - deydi biz bilan suhbatda YAngi texnologiyalar markaziy laboratoriyasi Mis metallurgiyasi bo'linmasi boshlig'i Orifjon Usmonqulov

    Bugun dunyo miqyosida Evropa, YAponiya, Xitoy va SHimoliy Amerika davlatlari sanoat bozorida palladiydan unumli foydalanayotgan davlatlar safiga kiradi. Bu faktlar ko'plab sohalarning ravnaqi demakdir. SHunday ekan, qayta ishlangan elektrolitdan sof palladiy kukunini ajratib olishni sanoat sohasiga keng tadbiq etayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bu sa'y-harakatlari mamlakatimiz iqtisodiy ishlab chiqarish salohiyatiga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi va albatta, palladiydan unumli foydalanayotgan rivojlangan davlatlar safiga kirishimizga umid qilib qolamiz.

    OKMK Axborot xizmati