"Ammoniy oktamolibdati" va "Nikel asosida superqotishma" ishlanmalari Koreya kukun metallurgiya va materiallar jamiyati tomonidan "Eng yaxshi ishlanma" mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Ushbu mukofot 17- Xalqaro yangi va nano materiallar simpoziumi doirasida (ISNNM-2022) OKMK jamoasiga taqdim etildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston olimlari ilk marotaba ushbu mukofotni qo‘lga kiritishdi. Shu kungacha ushbu sovrinni faqatgina Koreya va Yevropa yetakchi ilmiy jamoalari olishgan.