Maʼlumki, joriy yilning 14-15-avgust kunlari Pekin shahrida oʻtkazilgan “OKMK biznes forumi”da bir qator Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan edi.
Jumladan, biznes-forum doirasida OKMK va CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasi bilan “Harakatlanuvchi temir yoʻl tarkibini birgalikda ishlab chiqarish va texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida”gi dastlabki anglashuv bitimi imzolangandi.
Tashrif doirasida dastlab mehmonlar “Qalmoqqir” va “Yoshlik-1” konlarida hamda Sanoat temir yoʻl boshqarmasiga borib, texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
Shuningdek, tashrif davomida OKMK rahbariyati va kompaniya vakillari oʻrtasida tashkil etilgan uchrashuvda oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha muzokaralar olib borildi.
Maʼlumot uchun: CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasiga 1899-yilda asos solingan boʻlib, kompaniya Xitoyning lokomotiv va harakatlanuvchi tarkib ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning yillik aylanmasi 1 milliard AQSH dollaridan oshadi va u dizel hamda elektr lokomotivlari, shuningdek, shahar transport vositalarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Oʻz mahsulotlarini 30 dan ortiq mamlakat va mintaqalarga eksport qilishi kompaniyaning xalqaro bozordagi mustahkam oʻrnini tasdiqlaydi. Soʻnggi yillarda kompaniya oʻz mahsulotlarini innovatsiya va modernizatsiya qilish, jumladan, temir yoʻl transporti uchun yuqori samarali lokomotivlar va energiya tejamkor yechimlarni ishlab chiqish masalalariga ham eʼtibor qaratdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati axborot xizmati
Hamkorlik materiali