Oksford vaksinasi samaradorligi maʼlum boʻldi

    Salomatlik 24 Noyabr 2020 542

    AstraZeneca Britaniya-shved kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan ishlanayotgan AZD1222 vaksinasining oʻrtacha samaradorlik koʻrsatkichi 70 foizni tashkil etmoqda.

    Bu haqda farmatsevtika kompaniyasi saytida xabar berilgan.

    Sinovlarda vaksina yuborishning ikki usuli qoʻllanildi. Birinchi holatda 2,7 mingdan ortiq kishiga AZD1222 vaksinasining dastlabki yarim dozasi, bir oy oʻtgach esa toʻliq dozasi qilindi va samaradorlik 90 foizni tashkil etdi. Bir oylik farq bilan ikkita toʻliq dozani qoʻllash usuli 9 ming kishida sinovdan oʻtkazildi va natija atigi 62 foizni tashkil etdi. Dozalashning har ikki rejimining birlashgan tahlili oʻrtacha 70 foiz samaradorlik koʻrsatkichiga ega boʻldi.

    Shuningdek, tadqiqotlar davomida, ikki doza vaksina olgach, koronavirusdan himoya 14 kun oʻtgach paydo boʻlishi aniqlandi. AZD1222 sinovi ishtirokchilarida kasallikning ogʻir holatlari qayd etilmadi.

    Sentyabr oyida tadqiqot ishtirokchisidan biri koʻndalang miyelit (umurtqa pogʻonasi yalligʻlanishi) bilan kasallanganidan soʻng AstraZeneca COVID-19 vaksinasi sinovlarini toʻxtatib qoʻydi. Keyinchalik, oktyabr oyida AstraZeneca vaksinasi milliy sinovlarining koʻngilli qatnashchilaridan birining oʻlimi haqida maʼlum boʻldi. Test ishtirokchisi platsebo (dori shaklida tayyorlangan, hech qanday shifobaxsh xususiyatga ega boʻlmagan zararsiz modda) olgach, kompaniya sinovlarini davom ettirgan.