1-2-oktyabr kunlari sovuq atmosfera fronti oʻtishi bilan respublikaning ayrim hududlarida jadalligi asosan biroz boʻlgan yomgʻir yogʻadi. 3-oktyabrda beqarorlik faqat Fargʻona vodiysi hududlarida saqlanib turadi, ushbu hududlarda joylarda yomgʻir yogʻishi kutiladi.
2-3-oktyabr kunlari togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas.
1-2-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutiladi.
1-3-oktyabrda havo harorati asta-sekin kechalari 3-8° iliqgacha, kunduz kunlari 12-17° iliqgacha, shimolda kechalari 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 10-15° iliqgacha pasayadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.