“Olainfarm” kompaniyasi Oʻzbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini markalash tizimini joriy etdi

    Salomatlik 18 Iyul 2023 1310

    Latviyaning Boltiqboʻyidagi yetakchi farmatsevtika kompaniyasi “Olainfarm” oʻzining barcha farmatsevtika mahsulotlari uchun seriyalash (markirovkalash) tizimini toʻliq joriy qildi.

    “Olainfarm” kompaniyasi boshqaruvi raisi Yuris Bundulisning soʻzlariga koʻra, kompaniya 50 yildan buyon eng sifatli dori vositalarini ishlab chiqaryapti va ularni dunyoning 60 dan ortiq davlatiga eksport qilyapti.

    Taʼkidlash kerakki, farmatsevtika vositalari qadoqlarida barcha markalash va seriyalash elementlari, shu jumladan mahsulotning yaroqlilik muddati maʼlumotlari yonida paketning yon tomonida joylashgan QR-kod va paketning ochilishi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi ikkala tomonning stikerlari mavjud.

    Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, “Olainfarm” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari ishlab chiqarish, sifatini nazorat qilish va tarqatish jarayoni Yevropa Ittifoqi (YEI) davlatlari va boshqa mamlakatlar, shuningdek, Oʻzbekistonda amaldagi barcha talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu talablar mahsulotning yuqori sifati, xavfsizligi va bemorni toʻliq himoya qilishni kafolatlaydi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.