Videodagi jonivor olakuzan (perevyazka) bo'lib, xalqaro hamda “O'zbekiston qizil kitobi”ga kiritilgan kamayib borayotgan tur hisoblanadi.
Qizilqum cho'li, Ustyurt yassi tekisligi, Mirzacho'l va Qarshi cho'li, G'arbiy Tyan`-SHan` va Pomir-Oloy tog' tizmalarining tog' yonbag'irlarida, Surxondaryoning quyi qismi, Ohangaron daryosining yuqori qismida uchraydi.
Mazkur jonivor kemiruvchilar bilan oziqlanib, tabiatda sanitar vazifani bajaradi. SHu bois, olakuzanning qo'y dumbasi bilan oziqlanishi to'g'risidagi xabar asossiz.
Ushbu jonivor Buxoro viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan tabiatga qo'yib yuborildi.