5 yoshida avtohalokat tufayli oʻng oyogʻidan ajralgan. Imkoniyati cheklangan boʻlishiga qaramay 15 sotix tomorqasida koʻkat, pomidor, bodring va sarimsoq piyoz kabi sabzavotlarni yetishtirib, 40 million soʻmdan ziyod daromad oladi. U shu tariqa oilasini bekamu-koʻst taʼminlab kelmoqda. Qoʻshimcha ravishda velosiped va poyabzal taʼmirlaydi.
Prezidentimizning Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan Turdali Muminov "Jasorat" medali bilan taqdirlandi.
Bugun viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev uning xonadonida boʻlib, jamoatchilik va mahalla faollari ishtirokida davlat mukofotini topshirdi. Halol mehnati orqali mahalladoshlariga ibrat boʻlayotgani uchun unga minnatdorlik bildirdi.