Markaziy bankning xabar berishicha, shu yilning 17-yanvaridan boshlab 5, 10, 20, 50 grammli oʻlchovli oltin quymalarga qoʻshimcha ravishda ogʻirligi 100 gramm boʻlgan oltindan tayyorlangan oʻlchovli quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqarmoqda.
Quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajarib oʻz seriya raqamiga ega boʻladi.
Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida quyma egasiga toʻlovni amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi. Qadogʻi buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekpertizadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng toʻlov toʻlab beriladi.
Qadogʻi but holatdagi oltin quymalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.