“Bugun Moskva vaqti bilan soat 00:00:20 da “Roskosmos” davlat korporatsiyasining kosmonavti, Xalqaro koinot stansiyada faoliyat yurituvchi Oleg Kononenkoning koinot parvozlarning umumiy davomiyligi dunyoda birinchi marta 1000 kunga yetdi”, deyiladi xabarda.

Kononenko 2023-yil 15-sentabrda rossiyalik kosmonavt Nikolay Chub va amerikalik Loral O'Xara bilan birga “Soyuz MS-24” fazoviy kemasida beshinchi koinot parvozini amalga oshirdi. O'Xara 6-aprel kuni rossiyalik kosmonavt Oleg Novitskiy va belaruslik kosmonavt Marina Vasilevskaya bilan bir kemada qaytib keldi.

Kononenko va Chub Novitskiy va Vasilevskaya bilan “Soyuz MS-25”da uchib kelgan amerikalik Treysi Dayson bilan birga 23-sentabr kuni Yerga qaytadi. Xalqaro koinot stansiyasiga beshinchi missiyasi tugaganidan so'ng, Kononenkoning umumiy parvoz vaqti 1110 kunni tashkil qiladi.

Rossiyalik kosmonavt Gennadiy Padalkaga tegishli avvalgi jahon rekordi (878 kundan ortiq) 4-fevral kuni Kononenko tomonidan yangilangan edi.

Kononenko o'zining birinchi koinot parvozini 2008-yilda, ikkinchisini 2011-2012-yillarda, uchinchi va to'rtinchi parvozini 2015 va 2018-2019-yillarda amalga oshirgan. U 2016-yildan beri Rossiya kosmonavtlar korpusini boshqarib keladi, deb xabar beradi ria.ru.