Italiyada Montikyari kasalxonasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi boshligʻi Karlo Moska hibsga olindi. U koronavirusga chalingan bemorlarga atayin oʻlimga sabab boʻladigan dorilar bergan va oʻlim sababini ustalik bilan yashirgan. Bu haqda “KP” nashri yozmoqda.
Nashr Moskani “Oʻlim doktori” deb atadi. Manbaning yozishicha, politsiya oʻtgan yilning yozida Italiyada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat biroz pasayganida shifokorning shubhali xatti-harakatlari toʻgʻrisida maʼlumot olgan. Shifokorning hamshiralardan koronavirusni davolash protokolida koʻzda tutilmagan kuchli dori-darmonlarni olib kelishni tez-tez talab qilayotgani gʻalati tuyilgan. Shuningdek, Karlo ogʻir ahvoldagi bemorlar bilan yolgʻiz qolishni iltimos qilgan. Shundan soʻng, ikkita bemor dorining salbiy taʼsiri tufayli vafot etgan. Keyinchalik yana toʻrtta bemor hayotdan koʻz yumgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari shifokorning nega bu xatti-harakatlarni sodir etgani sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, Moska boshqa bemorlar uchun koʻrpa-toʻshaklar orttirish va tibbiyot xodimlariga bosimni hech boʻlmaganda yumshatish uchun davo topishiga koʻzi yetmagan bemorlardan qutulishga qaror qilgan.
Shifokorning oʻzi barcha ayblovlarni rad etmoqda.