O'lim xavfini olti marta oshiradigan tibbiy simptom

    Agar bemor kasalxonaga tushgandan keyin nafas siqilishi boshlansa, bu jiddiy xavf borasida o'ziga xos signalni anglatadi, deb ta'kidlanadi Garvard tibbiyot universiteti va Beth Israel Deaconess Medical Centerning ERJ Open Research jurnalida e'lon qilingan tadqiqotlari xulosasida.

    Unda qayd etilishicha nafas qisishi o'lim xavfini olti baravarga oshirib yuborishi mumkin.

    Tadqiqotda gospitalga yotqizilgan 10 mingga yaqin yoshi katta bemorlar ishtirok etgan. Hamshiralar kuniga ikki marta bemorlardan nafas siqishi darajasini 0 dan 10 gacha shkala bo'yicha baholashni so'rashgan. Ikki yil davomida to'plangan ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, bu boradagi ko'rsatkichlar qanchalik yuqori bo'lsa o'lim xavfi, reanimatsiya bo'limiga o'tkazish yoki shoshilinch tibbiy yordam chaqirish ehtimoli ham shuncha ortadi.

    Kasalxonadan javob berishgan, lekin nafas qisishi saqlanib qolgan bemorlarning to'rtdan bir qismi yarim yil davomida vafot etgan. Qolgan bemorlarda esa bu ko'rsatkich 7 foizni tashkil etgan xolos.

    Olimlar aniqlashiga ko'ra, nafas siqishi dastlabki fiziologik signal bo'lib, bu organizimga kislorod yetishmasligi va u karbonat angidrid gazini chiqarib yuborishni to'liq uddalay olmayotganini bildiradi. Tadqiqotchilar, bunday belgi puls, qon bosimi va isitmadan ko'ra kamroq e'tiborga molik holat emas.

    Mualliflar nafas siqishini baholash usulini standart hayotiy ko'rsatkichlar to'plamiga kiritishni taklif etishmoqda. Bu boradagi so'rov bir daqiqadan kamroq vaqtni oladi, lekin bemor holati yomonlashganini o'z vaqtida anglashga yordam bergani holda uning hayotini saqlab qolish mumkin, deya yozadi, lenta.ru internet nashri.