Ushbu kashfiyot bu kasallikni yanada samarali davolashga olib kelishi mumkin.

Kolumbiya universiteti olimlari maʼlum bir guruh: APOEe4 deb nomlangan genning boshqa variantiga ega boʻlgan, lekin hech qachon Alsgeymer kasalligi rivojlanmagan insonlarni diqqat bilan oʻrganib chiqdilar. Maʼlumot uchun aytib oʻtish joizki, APOEe4 Alsgeymer kasalligi xavfini sezilarli darajada oshiradi. Tadqiqotdagi insonlarda shu gen boʻlsa-da, ular bu xastalikka duchor boʻlmaganini hisobga olgan holda olimlar ularda kasalikka qarshilik qiluvchi nimadir borligini tahmin qilishdi.

Haqiqatan ham, 10 mingdan ortiq kishining genomlari ketma-ketligi APOEe4 geni boʻlgan odamlarda FN1 aniq variantining himoya taʼsirini aniqladi. Olimlarning tahminicha, FN1 varianti miyadagi fibronektin miqdorini tartibga solishga yordam beradi.

“Bu natijalar bizga fibronektinga qaratilgan va himoya variantini taqlid qiluvchi terapiya odamlarni bu kasallikdan kuchli himoya qilishi mumkin degan fikrni berdi”, — deydi Kolumbiya universiteti nevrologi Richard Maye.

Gʻoya shundan iboratki, fibronektinning oʻta koʻp boʻlishi miyaning xavfli moddalarni, ayniqsa, Alsgeymer kasalligi rivojlangan odamlar miyasida sezilarli darajada toʻplanadigan beta-amiloid oqsillarini yuvib yuborish qobiliyatini susaytirishi mumkin.

“Biz ortiqcha fibronektin miyada toʻplangan amiloidlarni tozalashga xalaqit berishi mumkin degan fikrga keldik, — deydi Kolumbiya universiteti nevrologi Kagan Kizil. — Fibronektin ortib ketishini oldini oladigan har qanday muolaja himoyani taʼminlaydi va buni amalga oshiradigan preparat bu kasallikka qarshi kurashda oldinga muhim qadam boʻlishi mumkin”.