Chip yordamida odam kelajakda kasallikning qay darajada xavfi bor yoki yo'qligini bilib oladi va oldini olish uchun odatlarini o'zgartiradi.
Fiziklar yuzasi bir necha nanometr o'lchamdagi teshiklar bilan qoplangan yupqa kremniy chip va sun'iy intellekt bilan ta'minlangan telefon o'lchamidagi elektron qurilma yaratishdi. Inson qoni chipga kirib boradi va eng murakkab oqsil birikmalari “g'ovak” dan o'tadi.
Keyin chip qondagi Alsgeymer kasalligining dastlabki belgilariga mos keladigan oqsil markerlarini aniqlaydigan qurilmaga kiritiladi. Bu birinchi alomatlar paydo bo'lishidan 20 yil oldin ko'rinadigan ko'rsatkichlar bo'lishi mumkin. Tadqiqotlarda qurilma 96,4 foiz samaradorlikka erishdi, deb xabar beradi mir24.tv.









