Qayd etilishicha, olimlar kompozitorning hujayralaridan elektrodlarda mini-miyani (yaʼni, organoidni) oʻstirgan.
Xabarda yozilishicha, organoid aktiv vaqtida uning elektr signallarini oʻqiy oladigan maxsus qurilmaga joylashtiriladi. Bu signallar kompyuter tomonidan qayta ishlanadi va musiqaga aylantiriladi.
Maʼlumot uchun, 2021-yilda vafot etgan Elvin Luse eksperimental musiqaning kashshofi (kashfiyotchisi) boʻlgan. U aynan mana shu tadqiqot uchun mukammal hamkor hisoblanar edi. Bastakor 1965-yilda oʻzining asosiy asari “Yakkaxon ijrochi uchun musiqa“da jonli ovoz yaratish uchun miya toʻlqinlaridan foydalangan boʻlib, bu tarixda ilk kuzatilgan kompozitorlik ishi sanaladi.