Sichqon va hujayra kulʻturasi boʻyicha oʻtkazilgan tajribalarda mutaxassislar aqliy ishlash koʻrsatkichi boʻlgan uchta mikroRNKni aniqladi. Ushbu markerlarning yuqori darajalari alomatlar paydo boʻlishidan ikki-besh yil oldin demensiyaning boshlanishini bashorat qilishi mumkin.
“Demensiya belgilari paydo boʻlganda, miya allaqachon jiddiy shikastlangan boʻladi. Bizga kasallik boshlanishidan oldin uning yanada rivojlanish xavfini ishonchli baholaydigan testlar kerak”, — dedi tadqiqot ishtirokchilaridan biri.
Avvalroq oʻrta yoshda uyqusizlikka yoʻliqish keksalikda demensiya xavfining oshishi bilan bogʻliq ekanligi aniqlangandi.
Demensiya — bu ilgari olingan bilim va amaliy koʻnikmalarni u yoki bu darajada yoʻqotib, aqliy faoliyatning doimiy pasayishi bilan kechadigan kasallik. Koʻpincha, bu holat qarilikda kuzatiladi.
Dunyo boʻylab har yili oʻn millionga yaqin demensiya holati qayd etiladi.