Tadqiqotda 172 kishi, 87 nafari frontotemporal demensiya va 34 nafar Alsgeymer kasalligi bilan ogʻrigan bemor ishtirok etdi. Maʼlum boʻlishicha, zavqlanish qobiliyatining yoʻqolishiga miyadagi asab hujayralarining atrofiyasi (kichrayishi, yemirilishi) sabab boʻladi.
Tadqiqot davomida frontotemporal demensiyaga ega odamlarda zavq yetishmasligi hissi tasdiqlangan. Ushbu alomat depressiya bilan ogʻrigan bemorlarda ham tez-tez uchraydi, shuning uchun demensiyaning dastlabki holatlarini koʻpincha depressiya bilan yanglishtirishadi.
Frontotemporal demensiyaga chalingan odamlarda zavq yetishmasligi boshqa xastaliklar, jumladan Alsgeymer kasalligiga chalinganlarga qaraganda ancha keng tarqalgan. Shu bilan birga, demensiyada qoniqish tuygʻusini yoʻqotish bilan bogʻliq oʻzgarishlar depressiya va befarqlik aniqlanganlarnikidan koʻra farq qiladi. Tadqiqot mualliflari yangi natijalar shifokorlarga aniq tashxis qoʻyish va oʻz vaqtida demensiya bilan kurashishda yordam beradi deb umid qilmoqda.