Olimlar dunyodagi yer osti suvlari zahiralarini hisoblab chiqishdi

    Olimlar dunyodagi yer osti suvlari zahiralarini baholashdi.

    Tadqiqot bosh muallifi Debra Perronening ta'kidlashicha, ularning 1700 dan ortiq suvli qatlamlarni qamrab olgan tadqiqoti yer osti suvlari sathining dunyodagi eng yirik tahlili bo'ldi.

    Uch yil davomida olimlar so'nggi 100 yil ichidagi 1,5 million quduqdagi millionlab suv sathi o'lchovlaridan olingan ma'lumotlarni to'plashdi va tahlil qilishdi.

    Yer osti suvlari sathi 71 foiz suvli qatlamlarda pasayib, qurib ketish tezligi oshmoqda. Muammo ayniqsa qurg'oqchil va yarim qurg'oqchil hududlarda keskinlashmoqda.

    Suvli qatlam tizimlarining 16 foizida yer osti suvlari darajasi barqarorlashgan yoki tiklangan. Ushbu ijobiy misollar sa'y-harakatlar orqali o'ta salbiy tendensiyalarning oldini olish mumkinligini ko'rsatdi, deb xabar beradi korrespondent.net.