Olimlar elektron sigaretalar yurak-qon tomir tizimiga zarar yetkazishini aniqlashdi

    MedicalXpress veb-saytida e'lon qilingan press-relizga ko'ra, elektron sigaretadan foydalanadigan odamlarda, ularni hech qachon ishlatmaganlarga qaraganda yurak xastaligi xavfi oshadi.

    Tadqiqotchilar elektron sigaretani iste'mol qilish va yurak yetishmovchiligi diagnostikasi o'rtasidagi bog'liqlikni tahlil qilish uchun AQShdagi Milliy sog'liqni saqlash instituti tomonidan o'tkazilgan tadqiqot asosida katta yoshlilarning ma'lumotlari va elektron sog'liqni saqlash yozuvlarini tahlil qilindi. O'rtacha 52 yoshli jami 175 667 kishi qamrab olindi. 45 oylik kuzatuv davrida 3242 kishida yurak yetishmovchiligi kuzatildi.

    Elektron sigaretadan qachonlardir foydalanganlarda yurak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi elektron sigaret chekmaganlarga qaraganda 19 foizga yuqori bo'lishi aniqlandi, deb xabar beradi lenta.ru.