Olimlar Erda hayot yo'q joyni aniqladi

    Bu haqda Science News nashri xabariga ko'ra, Antarktidadagi Sheklton muzligi yonidagi cho'l sayyoramizda biror-bir o'simlik yoki jonzot izlaridan mosuvo bo'lgan eng quruq joy hisoblanadi.

    Mikrobiolog olimlar esa aynan shu cho'l Erda biror-bir mikroorganizm ham uchramaydigan joy ekanini aniqladi. Shuningdek, olimlar bu erda o'zining bardoshliligi bilan ajralib turuvchi mikroorganizmlar ham yashay olmasligining uch omilini topgan. Bular: kuchli sovuq, sho'rlangan havo hamda erning o'ta quruqligi.

    Mutaxassislar fikricha, bunday keskin sharoitlar hayot vujudga kelish imkoniyatini batamom yo'qqa chiqaradi. Olimlar muzlikdan 200 ta tuproq namunasini olgan va ularni tahlil qilib chiqgan. Uning natijalariga ko'ra, ushbu namunalarda eng sodda organizmlarni ham topishning iloji bo'lmagan.

    "Biz steril toza tuproqni aniqladik, deb ta'kidlamayapmiz. Biroq biz ushbu namunalarda hattoki, mikroorganizmlarni ham aniqlay olmaganimiz, bu erdagi sharoitlar ular faolligining eng oxirgi chegarasi ekanidan darak beradi", deya ta'kidlagan olimlar.