“Mavjud barcha vaksinalar virus mutatsiyalari tufayli doimiy yangilanishni talab qiladi va bir xil ishonchli himoyani taqdim eta olmaydi”, deydi preparatni ishlab chiquvchilar.
Yangi vaksina faqat laboratoriya hayvonlarida sinovdan o'tkazildi, kelgusida odamlar ustida klinik sinovlar amalga oshiriladi. Ekspertlarning fikriga ko'ra, universal vaksina tibbiyot muassasalarida 2024-yilda paydo bo'lishi mumkin.
Vaksina ikki dozadan iborat bo'lib, Pfizer, BioNTech va Moderna kompaniyalari tomonidan COVID vaksinalarini ishlab chiqish uchun foydalaniladigan bir xil RNK (mRNA) texnologiyasidan foydalanildi.
mRNA – bu shunday molekulaki, bu hujayraning o'z ichki mexanizmlari yordamida antitanachalarni ishlab chiqarish xususiyatlarini o'z ichiga oladi. Hujayra ichiga muvaffaqiyatli kirib, unga zarar yetkazmaslik uchun mRNA lipid nanozarrasi deb ataladigan himoya qobig'ida harakatlanadi”, deyiladi maqolada.
Shu bilan birga, vaksina yaratuvchilari ta'kidlaganidek, bu mavsumiy grippni butunlay to'xtatishni kafolatlamaydi, ammo bu har yili vaksina formulasini o'zgartirishga majbur bo'ladigan shifokorlarning ishini sezilarli darajada osonlashtirishi mumkin. Ya'ni u yangi shtammlardan himoya qila oladi.