Ish natijalari Nature Biotechnology va Nature Communications jurnalida eʼlon qilindi.

Model koʻplab tadqiqotlarni yanada samarali oʻtkazish imkonini beradi. Xususan, olimlar bachadondagi homila yuragi nima uchun oʻz-oʻzidan tiklanishi mumkinligi, kattalarda esa bu mumkin emasligini tushunishga umid qilmoqda.

Modelning asosi 35 000 ta ildiz hujayralari boʻlib, ular sentrifugada shar shaklida aylantirildi va bir necha hafta davomida ularga turli signal molekulalari qoʻshildi. Shu tarzda yurakning rivojlanish dasturini tartibga soluvchi yoʻllar oʻrganildi. Olingan organoidlar qonni hayday olmasa ham, elektr tokining stimulyatsiyasi ularni haqiqiy yurak kameralariga oʻxshab qisqarishiga olib keladi.

Organoid birinchi marta yurak mushagi hujayralaridan (kardiomiotsitlar) va yurak devorining tashqi qatlami hujayralaridan (yepikard) yaratilgan.

Olimlar allaqachon patent olish uchun ariza berishgan, deyiladi mir24.tv saytida.