Ushbu texnologiya passiv radiatsion sovitish (PDRC) deb ataladi va tashqi quvvat manbasini talab qilmaydi. Sovitish samaradorligiga pigmentlarni bo'yash orqali erishiladi. Bir rang quyosh issiqligini ko'proq yutadi va material qiziydi, ikkinchi rang issiqlikni ko'proq yuzaga chiqaradi.

Britaniyalik olimlar rangli pigmentlardan foydalanmasdan qanday qilib samaradorlikka erishish mumkinligini aniqlashdi. Ular o'simliklarning bir qismi bo'lgan sellyuloza nanokristallari rang beruvchi pigmentlarsiz o'zgarishi va rangli plyonkalarni hosil qilishi mumkinligini aniqlashga muvaffaq bo'ldi.

Natijada ikki qavatli plyonkaning kvadrat metri uchun sovitish samaradorligi 120 Vtga yetdi, buni kichik konditsioner bilan solishtirish mumkin, deyiladi mir24.tv saytida.