Tibbiyot xodimlarining qayd etishicha, aksirish aksariyat hollarda emlanganlar orasida COVID-19ning alomati bo'lib namoyon bo'lmoqda. “Qizig'i shundaki, vaksinatsiyadan o'tgan, keyin esa COVID-19ga chalingan aksariyat odamlar aksirish bilan bog'liq alomatlar kuzatilayotganini ma'lum qilishgan. Bu emlanmaganlarga qaraganda ko'proq kuzatilmoqda”, deydi olimlar.
Ekspertlar Delta hamda Omikron shtammlari orasida katta farq aniqlanmaganini ham qo'shimcha qilishdi.
“Faqat 50 foiz odamlarda odatiy alomatlar — isitma, yo'tal, hid yoki ta'm yo'qolishi kuzatiladi”, deydi mutaxassislar.
Eslatib o'tamiz, COVID-19ning Omikron shtammi 114 mamlakatda qayd etilgan, deya xabar beradi korrespondent.net.