Amerikalik tadqiqotchilar Omikron koronavirus shtammining hayvonlardan kelib chiqishi haqidagi yangi dalillarni topdilar. Bu Minnesota universiteti tibbiyot maktabining yangi tadqiqotida aytiladi, deb yozadi MedicalExpress.

Ta'kidlanishicha, shtammning bir nechta mutatsiyalari sichqon retseptorlariga moslashgan va inson retseptorlari bilan mos kelmaydi. Bu shuni ko'rsatadiki, virus avval hayvonlarning boshqa turlari orasida, keyin esa odamlarga yuqishi mumkin.

Bundan tashqari, bu ma'lumotlar virusning bir hayvon turidan boshqasiga o'tishi paytida qoldirgan evolyutsion izlardir.

“Bizning tuzilmaviy biologiyaga batafsil yondashuvimiz nozik, ammo noyob evolyutsiya izlarini muvaffaqiyatli tarzda qayta tikladi”, deydi tadqiqot mualliflaridan biri, doktor Fang Li.

Uning qo'shimcha qilishicha, natijalar hayvonlarni kuzatish kelajakda COVID-19 ning yangi variantlari paydo bo'lishining oldini olish uchun muhim bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.