Gap pishloq haqida bormoqda. Ushbu sut mahsulotini o'z ratsioniga kiritgan keksa odamlar yaxshi xotiraga ega ekani va diqqatliroq bo'lishi ma'lum bo'ldi.
65 yosh va undan katta yoshdagi 1516 nafar erkak va ayol ishtirokida tajriba o'tkazildi. Olimlar ishtirokchilarning parhezini tahlil qilib, ulardan qaysi biri ko'proq pishloq iste'mol qilganini aniqlashdi. Keyin subyektlarning kognitiv qobiliyatlari diqqat, xotira, yozish va nutq bo'yicha topshiriqlarni o'z ichiga olgan 30 balldan iborat keng qo'llaniladigan maxsus test yordamida baholandi. 30 ta savoldan 23 tadan kam to'g'ri javob bergan ishtirokchilar Alsgeymer kasalligiga moyilligini ko'rsatdi.
Pishloqni o'z ratsioniga kiritgan ishtirokchilar 23 tadan ko'proq javob bergani aniqlandi, deb xabar beradi mir24.tv.









