Uning mavjudligini zamonaviy kosmologik nazariyalar yordamida tushuntirib bo'lmaydi, dedi Britaniya Qirollik Astronomiya Jamiyati (RAS) matbuot xizmati.
Groningen universiteti (Niderlandiya) ilmiy xodimi Pavel Pin`yaning ta'kidlashicha “Qorong'u materiyaning mavjudligini tan oladigan nazariyalar o'ta noreal parametrlardan foydalanmasdan bu galaktikaning mavjudligini tushuntira olmaydi. O'z navbatida, ularning muqobillari, jumladan, takomillashtirilgan N`yuton dinamikasi AGC 114905da gaz harakatining tabiatini to'g'ri tasvirlay olmaydi”.
So'nggi yillarda astronomlar qorong'u materiyadan butunlay xoli yoki u kutilmagan darajada kichik miqdorda mavjud bo'lgan yigirmaga yaqin galaktikani kashf etdi. Moddaning zichligi nihoyatda pastligi tufayli tadqiqotchilar ularni “super tarqoq galaktikalar” (UDG) deb atay boshladi. Ko'p sonli bunday kashfiyotlar astronomlarni UDGni faol o'rganishga va ularning mavjudligini tushuntirishga majbur qildi.
Pin`ya va uning hamkasblari erga asoslangan VLA radio teleskopi yordamida Baliq yulduz turkumini kuzatish chog'ida yana bir shunga o'xshash ob'ektni topdi. Uning kuchidan foydalanib, astronomlar gazning markaziy hududlarda va yaqin atrofdagi galaktikalar chekkasida harakatlanish tezligini kuzatdi. Bu galaktikalar ichida qancha qorong'u materiya borligini aniq hisoblash imkonini berdi.
Tushunib bo'lmaydigan Galaktika
Bu o'lchovlar kutilmaganda bizga yaqin bo'lgan AGC 114905 galaktikalaridan birida qorong'u materiya deyarli yo'qligini ko'rsatdi. U Erdan taxminan 247 million yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan va sharsimon tartibsiz shakldagi ob'ektdir. Uning yulduz massasi Somon yo'li uchun o'xshash parametrdan taxminan 400 baravar kam bo'lib chiqdi, lekin ayni paytda u kosmosda bizning galaktikamiz kabi ko'proq joy egallaydi.
Olimlar ushbu galaktikadagi gaz klasterlarining aylanishini taxminan 40 soat davomida kuzatishdi va uning boshqa jismlar bilan to'qnashuvi natijasida qorong'u materiya zahirasini yo'qotishi mumkinligi haqida hech qanday dalil topa olishmadi.
Bundan tashqari, olimlar bu galaktikaning mavjudligini muqobil kosmologik modellar bilan ham tushuntirib bo'lmasligini aniqladi. Xususan, takomillashtirilgan N`yuton dinamikasi (MOND) nazariyasi gaz bulutlarining bu galaktika ichida qanday harakat qilishini ko'rsata olmaydi. Bularning barchasi, olimlarning fikriga ko'ra, zamonaviy kosmologik nazariyalarning noto'g'ri yoki to'liq bo'lmasligi mumkinligini ko'rsatadi, deyiladi TASS bergan xabarda.