Tadqiqotda 50 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan o'rtacha darajada kognitiv nuqsoni bo'lgan besh erkak va 25 ayol ishtirok etdi. Olimlar bemorlarning sog'lig'i haqida kerakli ma'lumotlarni to'plashdi va ulardan qon namunalarini olishdi. Keyin ishtirokchilar ikki guruhga bo'lindi.
Birinchi guruh nonushta uchun quritilgan kukun shaklida qulupnay iste'mol qildi, ikkinchi guruh esa bir xil ta'm va hidga ega bo'lgan platsebo qabul qildi.
12 haftalik tadqiqotdan so'ng kognitiv testlar yakuniga etdi. Qulupnay iste'mol qilgan bemorlar platsebo guruhidagilarga qaraganda yaxshiroq natija qayd etishdi. Qulupnay birinchi guruhdagi ishtirokchilarning ruhiy salomatligini ham yaxshiladi. Odamlarda depressiya belgilarining pasayishi qayd etilgan, deb xabar beradi lenta.ru.
Olimlarning ta'kidlashicha, kognitiv qobiliyatning yaxshilanishi qulupnay polifenollarga boy bo'lganligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.