Mutaxassislar ekvator yaqinidagi sokin okean suvlarida Janubi-Sharqiy Osiyo va Gʻarbiy Afrika aholisini elektr energiyasi bilan taʼminlashi mumkin boʻlgan yirik suzuvchi quyosh panellarini joylashtirishni taklif qilishdi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, agar bunday panellar faqat Indoneziya suv havzalariga joylashtirilsa, yiliga 35 ming teravatt-soat energiya olish mumkin.

70 kvadrat kilometrlik panellar millionlab odamlarning ehtiyojlarini qondira oladi, deydi olimlar. Ular quyosh panellarini oʻrnatish uchun eng yaxshi joylar Gʻarbiy Afrika va Indoneziyaning ekvatorial qismi ekanligiga ishonch bildirishdi. Biroq bu gʻoyani amalga oshirish uchun nafaqat ulkan panellarni loyihalash va joylashtirish, balki ularga muntazam texnik xizmat koʻrsatish: tuz korroziyasini olib tashlash, boʻron va tabiiy ofatlardan himoya qilishni taʼminlash kerak, deb xabar beradi mir24.tv.