Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, bu odamning qonida immun T-hujayralari mavjud. Ular oddiy T-hujayralariga qaraganda o'smalarni tanib olish va ularga hujum qilishda ancha samarali.
Olimlar mazkur hujayralar turli oqsillar vositasida saraton hujayralarini taniy olishini aniqlashdi. Ular bir vaqtning o'zida bir nechta saraton turlarini davolashi mumkin.
Qonida zararli hujayralar borligi aniqlangan bemor saratonning rivojlangan bosqichidan aziyat chekardi. Ammo u o'smani infiltratsiya qiluvchi limfotsitlar vositasida davolandi hamda kasallikni yengishga muvaffaq bo'ldi.
Mazkur davolash bemorning o'smasidan to'g'ridan-to'g'ri oq qon hujayralarini ajratib olishni o'z ichiga oladi. Keyin ular o'stiriladi va saratonga qarshi kurashish uchun sun'iy ravishda kuchaytiriladi.
Klinik tadqiqotlar mazkur davolash usuli taxminan 80 foiz hollarda muvaffaqiyatli bo'lishini ko'rsatdi, deb xabar beradi mir24.tv.