Buyuk Britaniyaning Lids universiteti jamoasi 100 000 dan ortiq sun'iy yo'ldosh tasvirlarini tahlil qilib, muzliklar doimiy ravishda yemirilayotganini aniqladi. Bu davrda aksincha ba'zi muzliklarning hajmi oshdi. Olimlar buni janubiy qutbga har xil haroratdagi suvni olib keladigan okean oqimlarining xususiyatlari bilan izohlashdi.

Antarktida muz zaxiralarining kamida uchdan bir qismi erish xavfi ostida va havoning yanada isishi bilan ularning erish jarayoni tezroq kechishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.