Olimlar soyadan organizmda xolesterin darajasini pasaytiradigan un tayyorlashdi

    Rossiya biotexnologiya universiteti olimlari organizmda xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradigan soya unini hosil qilishdi.

    Patentlangan texnologiya muallifi, universitetning don, non pishirish va qandolatchilik texnologiyalari kafedrasi dotsenti Roman Kandrokovning aytishicha, un soyani qayta ishlashning ikkilamchi mahsuloti hisoblanadi. U past kaloriya va ko'p to'yinmagan yog' kislotalariga ega.

    “Soyada nafaqat oqsillar, balki uning tarkibida odam organizmi uchun zarur bo'lgan minerallar: kaliy, natriy, kalsiy, temir, rux, shuningdek, B va C vitaminlari mavjud”, deya aniqlik kiritdi u.

    Uning so'zlariga ko'ra, soya unidan non va unli qandolat mahsulotlari tayyorlash mumkin. Shu bilan birga, bu mahsulot metabolizmni yaxshilaydi va xolesterinni kamaytiradi, deb xabar beradi aif.ru.