Tajriba sigir muskul to‘qimalarining ildiz hujayralari yordamida o‘tkazildi va bu hujayralar mustaqil ravishda FGF2 (o‘sish gormoni) molekulalarini ishlab chiqarishga olib keldi. Buning yordamida hujayra rivojlanishi uchun masʼul bo‘lgan genlar FGF2 gormoni kabi tashqi stimulyatorlardan foydalanmasdan faollashtirildi.
Bunday yondashuv sunʼiy go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish imkonini berdi, chunki ilgari xarajatlarning katta qismi ildiz hujayralarining rivojlanishi uchun turli ozuqaviy moddalarni qo‘shish bilan bog‘liq edi, deb xabar bermoqda “TASS.
Tadqiqotchilar go‘sht yetishtirish tezligini oshirishda va ushbu usulni sunʼiy mol go‘shti, parranda hamda baliq kabi boshqa turdagi mahsulotlarga moslashtirish uchun qo‘shimcha tajribalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Yangi texnologiya kelajakda yana-da ko‘p qirrali va keng qo‘llanilishi mumkin.