Qayd etilishicha, insonlarda bronxial astma va faol jismoniy mashgʻulotlarga bogʻliq boʻlmagan holda nafas qisishi kuzatilsa, bu yurak-qon tomir kasalliklaridan darak berishi mumkin.

“Agar yurak tanangiz boʻylab kislorodga toʻyingan qonni yetarli darajada haydamasa, organizm tezroq nafas olish orqali kislorodga boʻlgan ehtiyojni taʼminlashga intiladi. Bu esa bemorda nafas yetishmovchiligi va hansirash alomatlarini yuzaga keltiradi”, — deydi olimlar.

Eslatib oʻtamiz, shifokorlar odatda koʻkrak qafasi, umurtqa pogʻonasi yoki butun tanadagi ogʻriqlar, yuqori yoxud past qon bosimi, holsizlik, charchoq va koʻngil aynishi kabi simptomlarni yurak xastaliklarini ifodalovchi asosiy belgilar sifatida keltiradi.