Tadqiqotchilar oltita ichimliklar – choy, qahva, alkogol, gazlangan va energetik ichimliklar, shuningdek meva sharbatining organizmga ta'sirini o'rganishdi. Choy ham erkaklar, ham ayollar uchun yurak salomatligiga doimiy ijobiy ta'sir ko'rsatadigan yagona ichimlik ekani ma'lum bo'ldi.
Uzoq vaqt davomida (o'nlab yillar) choy ichgan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklaridan to'satdan o'lish xavfi 19 foizga kamaydi.
Qahva yurak xastaliklari xavfini kamaytirishda xuddi shunday ta'sirga ega, ammo mazkur tadqiqot mualliflari aniqlaganidek, bu ta'sir asosan faqat erkaklarda namoyon bo'ladi.
Gazlangan va spirtli ichimliklar esa, aksincha, yurak kasalliklari xavfini oshiradi, deb xabar beradi tengrinews.kz.
Diyetolog Kerri Rakstonning so'zlariga ko'ra, kuniga har bir qo'shimcha chashka choy yurak-qon tomir kasalliklaridan erta o'lim xavfini to'rt foizga kamaytiradi. Shifokorning fikricha, shu boisdan choy ichish odatini yoshlikdan shakllantirish kerak.